«Fizila va kimyo fanlaridan labarotoriya mashg’uloti» viloyat seminari

Maktabimizda 18-mart kuni «Fizila va kimyo fanlaridan labarotoriya mashg’uloti» viloyat seminar bolib o’tdi. Seninarda viloyetimizning ilg’or fizika va kimyo fan o’qituvchilari  qatnashdilar. Darslarni maktabimizning kimyo fan oqituvchisi Xaytbayeva Dilbar, fizika fan o’qituvchisi Sabirova Saidalar oliborishdi. Semimarga kelganlar o’z fikir muloxazalarini bildirishdi songida.Seminar juda ajoyib tarizda o’tdi.

Dekabr oyida O‘zbekistondagi kitob do‘konlarida eng ko‘p sotilgan kitoblar reytingi e’lon qilindi

“Yangi asr avlodi” nashriyoti marketologlari 2015-yil dekabr oyining kitobxonlar orasida eng ommalashgan kitoblar monitoringini taqdim etdk.ui, deb xabar beradi“Xushnudbez”.

Dekabr
Mazkur reyting “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan chop etilgan va respublika kitob do‘konlarida hamda tashkilotlar tomonidan eng ko‘p sotib olingan kitoblar asosida tuzilgan.

2015-yilning so‘nggi oyida eng ko‘p sotilgan kitob, bu “‘Kamolot’ kutubxonasi” ruknida chop etilgan jahon adabiyotining yirik namoyondasi Jonatan Svift qalamiga mansub “Gulliverning sayohatlari” asari bo‘ldi. O‘tgan oy davomida 2180 dona “Gulliverning sayohatlari” asari kitobxonlar javonidan o‘rin oldi.

Ikkinchi o‘rinda Astrid Lindgrenning “Mittivoy va Karlson” asari, uchinchi o‘rinda esa Daniyel Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” kitobi joy egalladi.

Dekabr oyida eng ko‘p sotilgan kitoblar:

1. Jonatan Svift. “Gulliverning sayohatlari” — 2180 dona;
2. Astrid Lindgren. “Mittivoy va Karlson” — 2150 dona;
3. Daniyel Defo. “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” — 2130 dona;
4. Antuan de Sent-Ekzyuperi. “Kichkina shahzoda” — 1930 dona;
5. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Peshonasiga televizor yopishgan bola” — 1783 dona;
6. Z.Zamonov, D.Zubatova. “Top-top-topishmoq” — 1500 dona;
7. Inglizcha-o‘zbekcha lug‘at — 1160 dona;
8. M.Hamidova. “Momomning sandig‘i” — 985 dona;
9. G‘afur G‘ulom. “Shum bola” — 982 dona;
10. “Kenja o‘g‘il va botir” — 855 dona;
11. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Qasoskorning oltin boshi” — 825 dona;
12. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Besh bolali yigitcha” — 663 dona;
13. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Shirin qovunlar mamlakati” — 597 dona;
14. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Sariq devni minib” — 556 dona;
15. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Jannati odamlar” — 555 dona;
16. Tohir Malik. “Shaytanatning jin ko‘chalari” — 553 dona;
17. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Mungli ko‘zlar” — 530 dona;
18. Chingiz Aytmatov. “Oq kema” — 525 dona;
19. Artur Konan Doyl. “Sherlok Xolms va doktor Vatsonning sarguzashtlari” — 500 dona;
20. O‘tkir Hoshimov. “Nur borki, soya bor” — 493 dona;
21. Janni Rodari. “Jelsomino yolg‘onchilar mamlakatida” — 477 dona;
22. Yulian Semyonov. “Bahorning 17 lahzasi” — 451 dona;
23. Chingiz Aytmatov. “Asrni qaritgan kun” 435 dona;
24. Ernest Xeminguey. “Chol va dengiz” — 430 dona.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yil noyabr oyining eng xaridorbop kitoblarining 20 talik reytingida Paulo Koelyoning “Alkimyogar” asari birinchi bo‘lgandi.

Xush kelibsiz

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5-dekabr, shanba kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zMTRKning “O‘zbekiston” telekanali “Axborot” informatsion dasturi.bolajon-ona-tibbiyot_200-30
Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2016-yilni O‘zbekistonda Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilishni taklif etdi.

O‘zbekiston Prezidentining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1997-yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga aylangan. 1997—2015-yillar oralig‘ida yillarga quyidagicha nom berilgan:

2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
2014-yil — Sog‘lom bola yili
2013-yil — Obod turmush yili
2012-yil — Mustahkam oila yili
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008-yil — Yoshlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2005-yil — Sihat-salomatlik yili
2004-yil — Mehr va muruvvat yili
2003-yil — Obod mahalla yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2001-yil — Onalar va bolalar yili
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
1999-yil — Ayollar yili
1998-yil — Oila yili
1997-yil — Inson manfaatlari yili

Ta'lim yo'nalishidagi web sayti.